Akmal SAITQULOV: “ISHONCHNI OQLASHGA HARAKAT QILAMIZ”

2018 yilgi futbol mavsumining so’ngi ikki turini Shu’rtan jamoasini maydonga mahalliy mutaxassis, asli G’uzor futboli tarbiyalanuvchisi Akmal Saitqulov olib tushdi. 

O’z o’rnida aytish joizki, zimmasiga yuklatilgan dastlabki vazifani ijobiy tarzda bajarishga erishdi. Uning boshchiligida Oq bo’rilar jamoasi avvaliga o’z maydonida Surxonni mag’lub etishdi, keyin esa safarda Xorazm bilan durang o’ynashdi.

E’tiboringizga bosh murabbiyning muxtasar fikrlarini havola etamiz:

O’yin  tug’risida gapiradigan bo’lsam avvalo rahbariyat bildirgan ishonch  uchun raxmat. Zimmamga mas’uliyatli vazifa yuklatilgan edi. Lekin har qanday qiyinchiliklarga qaramay jamoadagi yigitlar bilan oxirigacha birga harakat qildik. Men o’z shogirdlarimga ishonardim. Shu bois  Surxon bilan ham, Xorazm bilan ham uyin oldi mashg’ulotlarga jiddiy e’tibor qilib, astoydil tayyorgarlik ko’rdik. Buning samarasi sifatida jamoa muxlislar kutgan natijani qayd etishdi. Yigitlar o’z oldilariga qo’yilgan vazifani a’lo darajada uddalashdi.

Lekin hali oldimizda amalga oshirishimiz kerak bo’lgan ishlarimiz ko’p. Kamchiliklar ustida yaxshilab ish olib boramiz, jiddiy tayyorgarlik ko’ramiz va kelgusi mavsumda g’uzorlik muxlislar kutgan natijalarni va a’lo darajadagi o’yinlarni ko’rsatamiz deb qolaman.

Leave a Reply